Invoys nima va u eksportda nima uchun kerak?
Blogga qaytish

Invoys nima va u eksportda nima uchun kerak?

2026-02-22 Oybek Tursunboyev Blog 5 ko'rilgan

Invoys — bu xalqaro savdo va eksport-import operatsiyalarining "yuragi" hisoblanadi. Meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun invoys shunchaki to‘lov talabnomasi emas, balki bojxonadan muammosiz o‘tishning asosiy kafolatidir.

Invoys o‘zi nima?

Invoys (Invoice) — bu sotuvchi (eksportchi) tomonidan xaridorga (importchi) taqdim etiladigan tijorat hujjati. Unda sotilgan mahsulotlar ro‘yxati, ularning miqdori, sifati va kelishilgan narxi ko‘rsatiladi.

Oddiy tilda aytganda, invoys — bu xalqaro darajadagi "hisob-faktura" bo‘lib, u xaridorga to‘lov qilish uchun asos bo‘ladi, bojxonaga esa mahsulot qiymatini tasdiqlab beradi.

Invoysda bo‘lishi shart bo‘lgan 7 ta asosiy element:

  1. Hujjat raqami va sanasi: Har bir invoysning takrorlanmas raqami bo‘lishi lozim.
  2. Eksportchi va Importchi ma’lumotlari: To‘liq nom, manzil va STIR (INN).
  3. Bank rekvizitlari: To‘lov qaysi hisob raqamga amalga oshirilishi kerakligi.
  4. Mahsulot tavsifi: Meva yoki sabzavotning nomi, kalibri va sifati.
  5. Inkoterms shartlari: (Masalan: FCA, DAP, CIP) Yukni yetkazib berish mas’uliyati kimdaligini belgilaydi.
  6. Narx va valyuta: Mahsulotning birlik narxi va umumiy qiymati.
  7. Vazn (Netto va Brutto): Qadoq bilan va qadoqsiz vazn o‘rtasidagi farq aniq bo‘lishi shart.

Invoysning 2 ta asosiy turi

Proforma-invoys (Proforma Invoice)

  • Bu "oldindan beriladigan" hujjat. U shartnoma tuzish bosqichida yoki xaridor oldindan to‘lov (prepayment) qilishi uchun yuboriladi. Bu hali yakuniy hisob emas, balki niyatnoma hujjatidir.

Tijorat invoysi (Commercial Invoice)

  • Bu asosiy hujjat. Yuk jo‘natilayotgan vaqtda rasmiylashtiriladi. Bojxona rasmiylashtiruvi va to‘lovlarni amalga oshirish aynan shu hujjat asosida bo‘ladi.

Invoysdagi xatolar qanday oqibatlarga olib keladi?

  • Bojxonada ushlanib qolish: Agar invoysdagi narx bozor narxidan shubhali darajada past bo‘lsa, bojxona qiymatni qayta hisoblaydi.

  • Valyuta nazorati muammolari: Bankdagi ma’lumotlar bilan invoys mos kelmasa, pul o‘tkazmalarida kechikishlar bo‘ladi.

  • Jarimalar: Noto‘g‘ri ko‘rsatilgan vazn yoki TIF TN kodlari uchun ma’muriy javobgarlik kelib chiqishi mumkin.

Muhim eslatma: Invoysdagi ma’lumotlar shartnoma (kontrakt), o‘rov varag‘i (packing list), yo'l xujjatlari, sertifikatlar va bojxona yuk deklaratsiyasi bilan 100% mos kelishi shart.

Biz bilan xavfni nolga tushiring!

Eksport jarayonida hujjatlar bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ini unuting. Bizning professional "PRODEKALARANT" bojxona brokerlik korxonasi xodimlari aynan meva-sabzavot eksportchilariga ixtisoslashgan!

Nima uchun aynan bizga ishonishingiz kerak?

  • Xatosiz Invoys: Biz har bir raqam va harfni xalqaro standartlarga (Inkoterms 2020) moslab tayyorlaymiz.

  • Tezkorlik: Hujjatlarni rasmiylashtirish, kerakli sertifikatlarni olish va bojxonadan o‘tkazishni tezkorlikda amalga oshiramiz.

  • Profilaktika: Bojxona xizmati tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan savollarga oldindan tayyor turamiz.

Siz mahsulot yetishtirish va sifat bilan band bo‘ling, qog‘ozbozlik va bojxona qiyinchiliklarini bizga topshiring!

Invoys tayyorlash, deklaratsiya to‘ldirish va bojxona maslahatlari bo‘yicha bizga murojaat qiling.

Biz bilan bog‘laning: +998 91 118-70-07

Ulashish: