
Meva-sabzavoteksporti uchunbojxona rasmiylashtiruvi
Eksport hujjatlari bilan bog'liq barcha ishlarni bizga topshiring. Siz mahsulotni tayyorlang — hujjatlar bilan biz shug'ullanamiz.






Nega eksportchilar bizni tanlaydi?
Bojxona jarayonini sizning o'rningizga olib boramiz: Yo'l hujjatlari, sertifikatlar va deklaratsiya — bir jamoa, bir mas'uliyat.

Tezkor Rasmiylashtirish
Hozirda bir hujjatning tayyor bo'lishiga o'rtacha 3 soat 20 daqiqa vaqt sarflanmoqda.
Raqamli hujjat boshqaruvi
Biz hujjatlarni Excel/Word'da emas, o'zimiz ishlab chiqqan raqamli tizimda yuritamiz. Shu tizim tufayli xato bo'lishi mumkin bo'lgan jarayonlarni avtomatlashtirib chiqdik.
Meva-sabzavotga ixtisoslashuv
Biz faqat eksport hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug'ullanamiz. Tor ixtisoslashuvimiz eksport jarayonidagi talablar, hujjatlar va tadbirkorlar ehtiyojini chuqur tushunib, aniq hamda tezkor yechim taklif qilishimizga yordam beradi.
Kechki smena
Mevalar asosan kechki payt, salqinda yuklanadi va meva tez buziladigan mahsulot. Shuni hisobga olib, biz kechki smenada ham ishlaymiz.
Eksport uchun to'liq xizmatlar to'plami
Har bir mijozga individual yondashuv — hujjat tayyorlashdan to'liq rasmiylashtirishgacha.

Eksport bojxona rasmiylashtiruvi
Barcha zarur hujjatlarni tayyorlash, bojxona yuk deklaratsiyasini to'ldirish va tovarlarni eksport rejimiga o'tkazish. Eksportni tez va muammosiz amalga oshirishda yordam beramiz.
Uch qadamda hujjatlar tayyor bo'ladi
Tayyorlov
- Shartnoma tahlil qilinadi.
- Invoys va qadoq listi tayyorlanadi.
- Sertifikatlarga elektron arizalar yuboriladi.
- TIR/SMR to'ldiriladi.
Rasmiylashtirish
- Sertifikatlar qabul qilib olinadi.
- Barcha hujjatlarning bir-biriga mutanosibligi va to'g'riligi tekshirib chiqiladi.
- Deklaratsiya tayyorlanadi va bojxona organiga elektron tarzda yuboriladi.
Topshirish
- Tayyor bo'lgan hujjatlar yuk egasiga yoki shofyorga topshiriladi.
O'z ichki tizimimiz — bozordagi asosiy ustunligimiz
Biz hujjatlarni daftarda emas, o'zimiz ishlab chiqqan raqamli tizimda yuritamiz. Shu tufayli xato kamayadi, jarayon ochiq ko'rinadi, siz esa yukingiz qayerda ekanini doim bilasiz.
● Ichki tizimimizdan olingan haqiqiy ekranlar.
Hujjatlarni avtomatik tekshirish
Invoice, ST-1, CMR, TIR va fitosanitar hujjatlardagi ma'lumotlar tizimdagi yozuvlar bilan solishtiriladi — nomuvofiqlik topshirishdan oldin aniqlanadi.
Arizalarni avtomatik to'ldirish
Yagona darcha, karantin, ekspertiza va bojxona portallaridagi arizalar invoys ma'lumotidan to'ldiriladi: qo'lda kiritish va xato kamayadi.
Mijoz kabineti
Har bir yukingizning bosqichi, eksport statistikasi va hisob-kitoblar onlayn ko'rinadi — qo'ng'iroq qilib so'rash shart emas.
Bosqichma-bosqich nazorat
Har bir bosqichni kim va qachon bajargani qayd etiladi. Jarayon shaffof, mas'uliyat aniq.
QR kod orqali tekshiruv
Transport vositasi hujjatlarining holati QR kod orqali ochiladi — joyida tez tekshirish mumkin.
Saytimizdagi «Natijalar» raqamlari ham shu tizimdan avtomatik olinadi.
Raqamlar — to'g'ridan-to'g'ri CRM'dan
Manba: Prodeklarant CRM (topshiriqlar, hisob-fakturalar, shartnomalar). Yangilangan: 22.11.2026. Faqat jamlangan ma'lumotlar; mijoz nomlari va summalar ko'rsatilmaydi.
Biznesingizga mos tarifni tanlang
Har bir biznes uchun mos tarifni tanlang. Batafsil narx uchun biz bilan bog'laning.
Optimal
VIP
So'nggi Yangiliklar

Incoterms 2020: Har bir eksportchi bilishi shart bo‘lgan to‘liq qo‘llanma
Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor uchun Incoterms (International Commercial Terms) qoidalarini bilish — bu nafaqat xalqaro tilni tushunish, balki o‘z foyd

Invoys nima va u eksportda nima uchun kerak?
Invoys — bu xalqaro savdo va eksport-import operatsiyalarining "yuragi" hisoblanadi. Meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun invoys sh

Eksport shartnomasi: eksport shartnomasini qanday tuzish kerak?
Tovarlarni yetkazib berish bo'yicha eksport shartnomasini to'g'ri tuzish nafaqat eksportchilarning kontragentlar bilan nizolar yuzaga kelgan taqdirda xavflarini

Meva va sabzavotlaringizni jahon bozoriga olib chiqing
Barcha bojxona ishlarini biz bajaramiz. Siz faqat sifatli mahsulot tayyorlang — qolganini bizga qoldiring.
So'rov qoldiring
Mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog'lanadi.